So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda go‘shti iste’mol uchun ruxsat etilgan va taqiqlangan hayvonlarning uy sharoitida, jumladan, sanitariya talablariga to‘liq amal qilmagan holda so‘yilayotgani yoki tarqatilayotgan bilan bog‘liq xabarlar uchramoqda. Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tashxis ishlari va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Otaboyev O‘zAga bergan intervyusida go‘sht mahsulotlari ichki bozorga kirib kelgunga qadar necha bosqichda tekshirilishi va qaysi soha mutaxassislari nazoratidan o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.
Uning bildirishicha, Toshkent shahriga go‘sht mahsulotlari asosan viloyatlardan kirib keladi. Viloyatlarda hayvonlarni so‘yish uchun maxsus kushxonalar tashkil etilgan. U yerda mollar so‘yilib, birlamchi veterinariya vrachi ko‘rigidan o‘tkaziladi. Shuningdek, qonunda belgilangan hujjatlar to‘ldirilib, shu asosida muhrlanadi va poytaxtga yuboriladi.
«Shahrimizga kirib kelgach, albatta barcha bozorlarimizda joylashgan veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari orqali ikkilamchi ko‘rikdan o‘tkaziladi va sotish uchun xulosa beriladi. Mazkur laboratoriyalar go‘shtni tekshirish uchun kimyoviy reaktivlar va tegishli asbob-anjomlar bilan ta’minlangan», — deb qayd etgan O‘tkir Otaboyev.
U, shuningdek, go‘sht mahsulotlarini viloyatlardan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy tarzda olib kelinishi haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
«Bu go‘sht mahsulotlari asosan umumiy ovqatlanish maskanlariga, noqonuniy ishlaydigan ovqatlanish shoxobchalari va oshxonalariga tarqatiladi. Bunaqangi go‘shtlar bozorlarga sotish uchun kiritilmaydi, chunki bozorda nazorat bor», — degan Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tashxis ishlari va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i.
O‘zAda ta’kidlanishicha, eshak go‘shti bilan boshqa halol hisoblangan go‘shtlarning farqini mutaxassislar ko‘rib aniqlay oladi, oddiy aholi buni ajrata olmaydi.
«Eski jo‘va» bozori veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassisi Oybek Nurmamatovning so‘zlariga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti yoki eshak go‘shti bo‘lsa, suyaklari, old oyoq tuyoqlaridan bilinadi, lekin 10 yillik ish tajribasi davomida hali bunday holatga duch kelinmagan.
«Laboratoriyamizga viloyatlardan kuniga 15-20 tonna go‘sht mahsulotini qabul qilib olamiz. Ish ikki navbatchilikda amalga oshiriladi. Keltirilgan go‘sht mahsulotlarining birlamchi tekshiruv hujjatlarini ko‘zdan kechiramiz, undan so‘ng o‘zimiz ham laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazamiz. Iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti yoki eshak go‘shti bo‘lsa, suyaklari, old oyoq tuyoqlaridan bilinadi. Lekin 10 yillik ish tajribam davomida hali bunday holatga duch kelganimiz yo‘q», — deb ta’kidlagan mutaxassis.
Maqolada keltirilishicha, 2022 yilning I choragi davomida O‘zbekiston dehqon bozorlariga keltirilgan 2 ming tonnadan ortiq qoramol, 9 ming tonnadan ortiq mayda shoxli mol va 3 ming tonnadan ortiq boshqa hayvonlar, jumladan, ot, parranda go‘shtlari veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilgan. Shundan 2014 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 3583 kilogramm ichki organlar iste’molga yaroqsiz deb topilgan va yo‘q qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi