date 15:44 / 11.04.2022
views 1 487

Roman Abramovich La Liga grandini sotib olmoqchi

Roman Abramovich La Liga grandini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich «Valensiya»ning yangi xoʻjayiniga aylanishi mumkin. Klub aktsiyalarini qoʻlga kiritishga da'vo qilayotgan ispan jamoasining sobiq vitse-prezidenti Migel Sorio «Chelsi»ning sobiq egasi «koʻrshapalak»ni sotib olishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.

«Piter Lim Londonda klubni 250 million evroga sotishga urinib koʻrdi, ammo ulgurmadi. U yaqinda matbuotga ikkita — mendan va rossiyalik oligarxdan taklif borligi haqidagi ma'lumotni taqdim etdi», — deb yozilgan Sorioning OAVga yuborgan xatida.

El Desmarque’ning xabariga koʻra, nashrning klubdagi manbalari «Valensiya»ning sotuvga qoʻyilganini inkor etmoqda.

Rossiyalik tadbirkorning vakili ham «Ma'lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi», — deya ushbu xabarni rad etdi.

Avvalroq, Abramovich Turkiyaning «Goʻztepe» klubini sotib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi. Keyinchalik bu ma'lumot ham inkor etilgandi.

Eslatib oʻtamiz, 27 fevral kuni Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli «Chelsi» boshqaruvini klub xayriya fondiga topshirdi. 3 mart kuni esa 2003 yildan beri boshqarib kelayotgan jamoasini sotishga qaror qilganini ma'lum qildi.

Abramovichga nisbatan qoʻllangan sanktsiyalar tufayli «Chelsi» oʻy oʻyinlarga chipta sotish huquqidan mahrum qilindi. Shundan soʻng klubning bosh homiysi jamoa bilan hamkorlikni toʻxtatdi. Bundan tashqari, «Chelsi»ning bank hisoblari ham muzlatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat