
Bugun, 06.04.2022 yilda Byuroning Andijon tuman bo‘limi tomonidan sudning ijro hujjatiga asosan ashyoviy dalil tariqasida olingan “Riboxin” dori vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi hamda Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tuman bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda “Mask” MCHJ shaklidagi agrofirmasi omborida saqlanayotgan jinoyat ish materiallari bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblangan kichik qutilarda 930 dona 150 o‘ram 139 500 ta, katta qutilarda 136 dona 100 o‘ram 13 600 ta, jami 153 100 ta “Riboxin” dori vositalari taqdim qilindi.
Muddati o‘tgan iste’molga yaroqsiz hisoblangan, 153 100 ta “Riboxin” dori vositalari tomonlar ishtirokida chiqindilar poligonida belgilangan tartibda yo‘q qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar