
Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda Kadastr agentligining Farg‘ona tumani filiali mutaxassisi S.O. filialning sobiq xodimi muqaddam JKning 228-moddasi bilan sudlangan G.R. bilan oldindan til biriktirgan. Ikkovlon «A.O.» fermer xo‘jaligining 1,5 gektar ochiq yer maydonining 18 sotixida go‘yoki 2 ta 9 sotixli uy-joy mavjudligi haqida soxta kadastr hujjatlarini tayyorlashib, ushbu 18 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 7 500 AQSH dollariga sotganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida S.O va G.R. tomonidan 200 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar