Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijdan kirib kelgan IT mutaxassislardan foydalanish orqali yosh kadrlar salohiyatini oshirish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda birinchi yarim yillikda 6 ta (Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan), yil yakunigacha yana 8 ta masofaviy xizmatlar markazini tashkil qilib, xorijdan buyurtmalar olishni yo‘lga qo‘yish topshirilgan. Jahon IT bozoriga chiqqan kamida 30 ta yirik kompaniyalarning mamlakatda faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimligi aytilgan.
Eng og‘ir hududlar — Qoraqalpog‘iston, Andijon va Surxondaryoda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT parklarda malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"