10:07 / 16.04.2022
1 817

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan jismoniy shaxsning elektron talabnomasini shakllantirishni hamda quyidagilarda shaxsiy identifikatsiya raqamini berishni nazarda tutuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament tasdiqlandi:
  • O‘zbekiston hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida;
  • chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berilganda;
  • chet davlat fuqarosiga O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turganda yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotganda;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda;
  • chet davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston fuqarolari, ularning farzandlari, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekiston hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashaydigan chet davlat fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet davlat fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishini joriy qilish topshirildi.

Qaror bilan ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi