Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 42 yoshli fuqaro A.M.ga tegishli Nexia avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochildi, deb xabar beradi Tergov departamenti.
9 aprel kuni soat 06:15 da Sardoba tumani Turon ko‘chasida yashovchi fuqaro Sirdaryo viloyati 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan ishonchnoma qog‘ozi asosida boshqaruvida bo‘lgan oq rangli Nexia rusumli avtomashinasi eshigi ochiq va kaliti joyida qolganidan foydalanib, yashash uyi oldidan olib qochib ketgani haqida ma’lum qilgan. Fuqaro ushbu noma’lum shaxslarni topishni hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina Sardoba tumani «Qo‘yitosh» mahallasi hududidan o‘tuvchi avtoyo‘lning 6-kilometrida to‘liq yongan holatda topilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilgan vaqtda noma’lum shaxs tomonidan avtomashinaning davlat raqamlari va muqaddam avtomashinada mavjud bo‘lgan gaz ballon hamda orqa yukxonasidagi zaxira g‘ildiragi yechib olib ketilgani aniqlangan.
Tergov-tezkor harakatlar davom ettirilib, mazkur jinoyatni Sardoba tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 30 yoshli K.R. sodir etgani, uning yashash xonadoni tintuv qilinganida olib qochilgan Nexia rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan bir dona gaz ballon hamda bir dona avtomashina zaxira g‘ildiragi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha K.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandi va 173-moddasi 1-qismi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"