17:22 / 16.04.2022
1 120

Qamchiq dovonida suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darildi

Qamchiq dovonida suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darildi
Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

15 aprel kuni soat 17:22 da Qamchiq Maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasiga Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali—O‘sh avtomobil yo‘lining 196 kilometrida, Toshkent—Vodiy yo‘nalishda harakatlangan Qirg‘izistonga qarashli Shacman rusumli yuk avtomashinasi avariyaga uchragani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, yuk mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishning bir qismiga yonboshlab qolgani va yo‘lning harakat qismini to‘sib qo‘ygan.

Voqea joyiga zudlik bilan «Qamchiq» Maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, YPX va «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari yetib kelgan.

Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz bo‘lgan, haydovchi (avtomashinada haydovchining o‘zi bo‘lgan) Qirg‘iziston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etilib, yo‘l-patrul xizmati xodimlari avtomobillarning xavfsiz harakatini ta’minlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darildi