Samarqand viloyatida opiy va gashish giyohvand moddalari aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB va DXX xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Samarqand—Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi fuqaro (1985 yilda tug‘ilgan) va Samarqand tumanida yashovchi tadbirkor (41 yoshli) bir fuqaroga 49,5 gramm miqdordagi opiy moddasini 2 ming 100 dollarga sotayotgan ushlangan.
Ushbu shaxslar Samarqand shahrida yashovchi fuqorodan (1991 yilda tug‘ilgan) giyohvand moddalarni sotib olgani aniqlanib, tadbir davom ettirilgan. Uning yashash xonadoni tekshirilganda, 5 kg miqdordagi opiy va 1 kg miqdorda gashish moddalari topilgan.
Tezkor tadbir natijasida jami 6 kg 49,5 gr opiy va gashish moddalari to‘xtatib qolingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi