16:43 / 18.04.2022
993

Noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga 31,2 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga 31,2 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida hayvonot dunyosiga zarar yetkazish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro F.T. taqiqlangan ov quroli «leska»dan tayyorlangan to‘rlardan foydalanib, tabiiy hududdan 107 bosh oqsla, 22 bosh zog‘ora, 20 bosh tovonbali, oq amur va vobla kabi baliqlarni ovlagani, hayvonot dunyosiga 31,2 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga 31,2 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi