12:21 / 19.04.2022
1 608

Kamoliddin Rabbimov o‘zi atrofidagi voqealarga izoh berdi

Kamoliddin Rabbimov o‘zi atrofidagi voqealarga izoh berdi
Foto: Facebook / Kamoliddin Rabbimov
Kamoliddin Rabbimov xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashgani sabab hibsga olingani hamda unga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi. Siyosatshunos Facebook’dagi sahifasida bo‘lib o‘tgan voqealarga izoh berdi.

- Assalomu alaykum qadrli do‘stlar, mening taqdirimga befarq bo‘lmaganingiz uchun barchangizga rahmat. Hozir uydaman. Hammasi yaxshi. 17 aprel, kechki soat 19:00 lar atrofida Chorsu bozori yonida reyd bo‘layotgandi, qonun ustuvorligini shaxsiy talqinimda o‘lchab, ushbu vaziyatga aralashgan edim. Lekin men IIV xodimlarining ishlariga aralashganim xato ekanini tushunaman. Menga nisbatan qonun moddalariga ko‘ra, jarimalar belgilangan, men ularni o‘z vaqtida to‘lash niyatidaman. Qolgan tafsilotlarni keyinchalik bildirishga harakat qilaman. Iltimos, bu ishni siyosiylashtirmasliklaringizni so‘rayman. Bu yerda men tomonimdan yo‘l qo‘yilgan xatolar mavjud edi. Hammaga kattadan katta rahmat!, — deb yozadi Rabbimov.

Oradan bir necha soat o‘tgach, siyosatshunos yana bir post qoldirib, internetdagi post va maqolalar tanishib chiqqanini ta’kidlagan.

«Do‘stlar, bir necha soat uyga kelib, internetdagi postlar va maqolalar bilan tanishdim. Ko‘plab nazariyalar bildirilibdi. Asosiysi – erkinlik va oddiy insoniy qadr-qimmatni his qilmoqdaman. Hammaga g‘amxo‘rlik uchun kattadan katta rahmat. Hozir uydaman, og‘iz yopib bo‘ldik. Uyda bamaylixotir, xotirjam o‘tirish ham — katta ne’mat! Kimki ro‘za tutayotgan bo‘lsa, ro‘zalar bilan charchamang», — deydi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kamoliddin Rabbimov o‘zi atrofidagi voqealarga izoh berdi