1 116
«Hokim yordamchilari kredit, subsidiya, yer olib beraman, deb tamagirlik qilayotgani juda achinarli holat» — Prezident
Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallabay ishlash tizimida kamchilikka yo‘l qo‘ygan hokim yordamchilari haqida gapirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
«Joylardagi ayrim hokim yordamchilari kredit, subsidiya, yer olib beraman, deb tamagirlik qilayotgani juda achinarli holatdir», — degan prezident.
Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumani «Sharq» mahallasidagi hokim yordamchisi imtiyozli kreditga tavsiya berish uchun pora olayotganda ushlanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu kabi holatlar Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Bo‘ka, Baxmal tumanlari, Marg‘ilon, Shirin shaharlarida ham sodir bo‘lgan.
«Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, respublika vakillari, Ubaydullayev va uning quyi tizimi rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman. Odamlarni rozi qilish va inson qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda o‘rin bo‘lmaydi», — deydi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi