07:00 / 20.04.2022
984

Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan salkam 1,4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan salkam 1,4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Sirdaryoda Samarqand va Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan ko‘p miqdordagi iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati hududidagi «Sirdaryo» YPX maskanida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan Episa xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Samarqand shahrida yashovchi I.I. boshqaruvidagi avtotransport salonida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 225 kilogramm go‘sht borligi aniqlangan.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Shuningdek, Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan Nexia-1 xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo vilyatida yashovchi E.E. boshqaruvidagi avtotransport yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 454 kilogramm hayvon go‘shti borligi aniqlangan.

Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan Lacetti xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, R.B boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 713 kilogramm go‘sht borligi aniqlangan.

Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari vaqtincha saqlash uchun Guliston shahar, Quruvchilar ko‘chasi 1-uyda joylashgan «Bunyodkor Go‘sht — Sut Invest Trade» MCHJ muzxonasiga joylashtirildi. Fuqarolar boshqaruvidagi avtotransport vositalari esa tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyati IIB JXX YXHB jarima maydoniga qo‘yilgan.

Qayd etlishicha, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan salkam 1,4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi