
Kecha, 19 aprel kuni soat 08:00 larda fuqaro X.D. (erkak, 1977 y.t., 4 nafar farzandi bor, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turadi) turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib, xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yniga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar