Toshkentda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yordam so‘rab murojaat qildi

Toshkentda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yordam so‘rab murojaat qildi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mutasaddilardan yordam so‘rab murojaat qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vaziyat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar bo‘yicha ombudsman, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi, va tegishli mutasaddilar muassasaga kelgan holda vaziyatni o‘rgangan.

O‘rganishlar natijasida muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangani aniqlangan.

«Ayni damda muhit barqaror. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kun tartibi bo‘yicha shug‘ullanmoqdalar, vaziyat nazoratga olingan», — deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar