Bani Hashish qabilasining raislaridan biri qo‘shnisining yerini egallab oladi. Ular qoziga shikoyat qilib borishadi. Qozi imom Shavkoniy rohimahulloh edi. Shavkoniy masalani hal qilish maqsadida haligi raisni qozilikka chaqirtirib qog‘oz yubordi. Rais qozilikka kelishdan bosh tortib qozi yuborgan qog‘ozni o‘simlikka qo‘shib sigiriga yedirib yubordi va qog‘ozni olib borgan qozining elchisini qishloqdan quvib yubordi.
Elchi qozi Shavkoniyning oldiga kelib qishloq raisining qo‘pol hatti-harakatidan shikoyat qildi. Buni eshitgan qozi Shavkoniy qozilikdan bo‘shatishlarini so‘rab Yaman hokimiga qog‘oz yubordi. Qog‘oz hokimga yetib bordi. Hokim o‘sha paytda San’o shahrining shimolidagi Zahbon degan qishloqda a’yonlardan birinikida ziyofatda edi. Hokim qozining nega qozilikdan bo‘shashga qaror qilganini so‘radi. Unga bo‘lgan voqeani aytishdi.
Hokim ziyofatni tashlab chiqdi va tezlik bilan Bani Hashish qabilasiga keldi. Poytaxt San’oga biroz qo‘shin bilan «sariq to‘p»ni yuborishlarini amr qilib odam yubordi. «Sariq to‘p» o‘sha davrdagi eng katta to‘p bo‘lib davlatning kuchini ifoda qilar edi.
To‘p keltirilgach hokim haligi raisning uyini to‘pga tutishni buyurdi. Uning uyi qulatildi. Sigirini so‘yishga amr qildi. Sigirning oshqozonidan qozi Shavkoniyning chaqiruv qog‘ozini chiqarib oldi. So‘ngra raisni zanjirband qilib Yaman qozilarining boshlig‘i imom Shavkoniyning huzuriga shar’iy hukmni tatbiq qilishi uchun olib bordi.
Imom Shavkoniy rohimahulloh qozilikda 41 yil qaddini tik tutib turdi. Adolatni qoim qildi. Zulm va jaholatga qarshi kurashdi. Alloh rahmat qilgan bo‘lsin!
Abdulqodir Polvonov
Manba: Islom.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar