
Samarqand viloyati Narpay tumanida pul evaziga qo‘shni davlat universitetga o‘qishga kiritish va ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Narpay tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.X. ismli shaxs o‘zgalar mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni ko‘zlab, fuqaro M.ning O‘sh texnologiya universitetidagi o‘qishini 1,4 ming dollar evaziga Samarqand davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Shuningdek, u yana ikki nafar fuqaroning har biriga 800 dollardan hisoblab, 1,6 ming dollar evaziga Chimkent shahridagi Muxtor Avezov nomidagi institutga 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Fuqaro S.X. jami 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar