6 130
Munisa Rizayeva 500 ming dollarlik kvartirasi, muxlisining 1 mln dollarlik taklifini rad etgani haqida gapirdi
Taniqli bloger Jahongir Latipov xonanda Munisa Rizayeva bilan intervyu tashkillashtirdi. Suhbat davomida Munisa internet foydalanuvchilariga Toshkentdagi uylari, mashinalarini ko‘rsatdi hamda ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Munisaning aytishicha, Tashkent City’dagi 135 kvadrat metr maydonda joylashgan hashamatli kvartirasi unga 500 ming dollarga tushgan.
«Narxni aytish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Lekin bu uyga eng zo‘r narsalar ishlatilgan. Kvartirani sotib olib, ta’mirlab, yana mebellar sotib olganmiz. Hammasi bo‘lib 500 ming dollar pul sarflaganmiz», — deydi xonanda.
Shuningdek, Munisa Rizayeva to‘ylarga qancha bilan chiqishi haqidagi savolga ham javob bergan.
«Toshkentdagi to‘ylarga 1000 dollarga, viloyatlarga esa 5 mingdan 10 ming dollargacha chiqamiz. Viloyatlarga 20 dan ortiq kishi bo‘lib boramiz, bular — sozandalar, ularning yordamchilari, qo‘riqchilarim, stilistlar. Avvallari bir kunda 8 tadan 13 tagacha to‘yga borardim. Bu yildan boshlab esa bir kunda maksimum 5 ta to‘yga boryapman, ma’murimga ham shuni tayinlaganman. Chunki sog‘lig‘im yaxshi emas», — deydi xonanda.
Xonanda Instagram sahifasi orqali o‘tkazgan giv-konkursida 100 ming dollar daromad qilgani haqida gapirdi.
«O‘zbek shou-biznesida birinchilardan bo‘lib Instagram sahifamda giv-konkurs o‘tkazganman. O‘shanda 100 ming dollar daromad qilganman. O‘shanda avtosalon menga tekinga uchta Spark bergan, konkurs ishtirokchilariga o‘sha avtomobillarni berganmiz. Givlar katta biznes, bittada katta pul ko‘tarib olishadi», — deydi Munisa.
Foto: Instagram / @munisarizaeva
Munisa, shuningdek o‘ziga muxlislaridan bo‘lgan g‘alati takliflar haqida gapirgan.
«Uyimga keling, men bilan ovqatlanib o‘tiring, deyishgan. Bittasi uylanganman, to‘rtta bolam bor, lekin sizga uylanmoqchiman, deb ota-onasi bilan uyimga kelgan. Xotiningiz-chi, desam, xotinimam bor, sizga ham uylanaman, degan. Boshqa mamlakatda yashovchi yana bir erkak bir million dollar beraman, Munisani olib kelinglar, men bilan kechki ovqatni birga qilsin, degan. O‘shanda mana shu taklifni eshitib, rosa xafa bo‘lganman. Men yengiltabiat ayolmasman-ku, pulga borib, kim bilandir ovqatlansam? 1 mln emas, 100 mln dollar bo‘lmaydimi, odamning qadri nima bo‘ladi?», — deydi u.
Xonanda, shuningdek, so‘nggi paytlarda salomatligida jiddiy muammolar kuzatilayotgani haqida ham aytib o‘tdi.
«Keyingi paytlarda o‘zim uchun qat’iy rejim qilib qo‘ydim. Har kuni 23:30 da, albatta, yotib uxlayman. Uch hafta uyda, ishga ham chiqolmay yotdim. Bir yil ichida ikkita insultni boshdan kechirdim», — deydi u.
«Ishimizni ko‘pchilik oson deb o‘ylaydi, lekin buni orqasida qancha mehnat, qancha asab yotganini bilishmaydi. Bitta to‘yga kirib-chiqishimiz ham qancha muammo. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qo‘riqchimni pichoqlab tashlashgan. Yana bir qo‘riqchimga pichoq bilan 18 joyidan zarba berishgan. Men to‘yda o‘g‘il bolalar bilan rasmga tushmaslikka harakat qilaman. Bir-ikki vaziyatlardan keyin shunday qilishga majbur bo‘lyapman. Ichgan holatda, turli vaziyatlarda yonimga kelib quchoqlab olishga harakat qilishadi. Men o‘zimga bunday munosabatni ravo ko‘ra olmayman. Shunday vaziyatlarda qo‘riqchilarim ruxsat berishmasa, ularga hujum qilib, janjal bo‘lib ketadi», — deya so‘zlarini davom ettiradi xonanda.
Foto: Instagram / @munisarizaeva
Munisa «Qachon turmushga chiqasiz?», degan savolga mart oyida bo‘lishi kerak bo‘lgan to‘yini bekor qilgani haqida so‘zlab berdi.
«Uch oy oldin shunaqa vaziyat bo‘ldi, mart oyida to‘yim bo‘lishi kerak edi. Men tegmayman, dedim. U juda yaxshi oiladan, bizga har tomonlama to‘g‘ri keladigan insonlar edi. Bola chiroyli, kuchli, hamma narsasi bor edi. Lekin yuragim jiz etmadi, shuning uchun men u yigitning hayotini barbod qilgim kelmadi. Uning hayotini sindirishga haqqim yo‘q edi, chunki u juda yaxshi bola.
U mendan o‘n yosh kichkina, lekin shunga qaramay, menga uylanmoqchi edi. Menga uylanish uchun boshqa mamlakatdan oilasi bilan uchib kelishgandi. Haligacha oilamni tinch qo‘yishmaydi, men u bolani juda hurmat qilaman», — deydi xonanda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas