14:56 / 14.05.2022
1 256

O‘zbekistondagi barcha muzeylarda 18 mayda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi barcha muzeylarda 18 mayda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 18 may kuni barcha muzeylarda Xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan 18 may kuni barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi. O‘nlab bayram dasturlari va yangi ko‘rgazmalar ochilishi belgilab qo‘yilgan. Bu kunda barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Bugungi kunda jami Respublika bo‘yicha Respublikada jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 49 tasi asosiy muzeylar, 75 tasi filiallar hisoblanadi. Muzeylarning 7 tasi muzey-qo‘riqxonalar hisoblanadi. So‘nggi 4 yil davomida respublika bo‘yicha 11 ta yangi muzey tashkil etilgan.

Respublika muzeylari fondlarida, jami 2 553 056 ta muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud bo‘lib, shundan 1 928 012 ta asosiy fondda, 625 044 ta ilmiy-yordamchi fonddagi muzey ashyolari va kolleksiyalari hisoblanadi. Muzeylarda saqlanayotgan eksponatlarning 112 mingtasi jahon miqyosida noyob hisoblanadi.

Muzeylarda jami 2 903 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 1 260 nafari rahbar ilmiy va ijodiy xodim, 1 643 nafari texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar.

Muzeylarga 2021 yilda 3 158 928 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Muzeylar tomonidan mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga jami 8 milliarddan ziyod miqdorda pullik xizmat ko‘rsatilgan.

Shuningdek, o‘tkazilgan tekshirishlarda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani aniqlangan. Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgan. «Ichanqal’a» davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda muzeylardagi 105 ming dona eksponat restavratsiyaga muhtoj hisoblanadi. Yil yakuniga qadar muzey binolarini ta’mirlash hamda ashyolarni restavratsiya qilish uchun muzeylarda 15 ta restavratsiya laboratoriyasi tashkil qilinadi.

Turizm va madaniy meros vazirligiga ikki oy muddatda yangi muzeylar tashkil etish, xususiy muzeylar barpo etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirilgan. Muzeylardagi noyob 2,5 ming eksponatni tanlab olib, ularning nusxasini tayyorlash va sotishni yo‘lga qo‘yiladi.

«Muzeyda tun» kabi 187 ta yirik madaniy-ko‘ngilochar, konsert-tomosha tadbirlari va usta-hunarmandlarning mahorat darsini o‘tkazish rejalashtirilgan. Muzeylarni har kuni soat 22-00 gacha ishlashiga ruxsat berish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Davlat muzeylarida tashrifchilar sonidan kelib chiqib muzey chipta narxlar minimal darajada o‘quvchi va talabalarga 2 000—5 000 so‘m, mahalliy fuqarolarga 2 000—25 000 so‘m, xorijiy fuqarolarga 10 000—35 000 so‘m etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistondagi barcha muzeylarda 18 mayda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi