1 389
Saida Mirziyoyeva Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari bilan «Lazgi» baleti tomoshasida
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Milliy mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva «Lazgi» baleti 28–29 iyun kunlari Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida namoyish etilishini ma’lum qildi.
"Turkiya bilan O‘zbekistonni, ayniqsa, Xorazmni umumiy ildizlarimiz — madaniyat, tarix va til birlashtiradi. Biz Turkiyada o‘zbek milliy raqs durdonasini namoyish etish imkoniyati tug‘ilganidan nihoyatda mamnunmiz.
Umid qilamanki, «Lazgi» baleti turk tomoshabiniga an’analarimizni tanitishga va madaniyatlararo rishtalarimizni yanada mustahkamlashga yordam beradi. 28–29 iyun kunlari ushbu balet Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida namoyish etiladi", — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy baletining Istanbuldagi premerasi doirasida Turkiyaning madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Axmet Misbah Demirjan bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida O‘zbekistonda ilk bor «Lazgi» Xalqaro raqs festivali o‘tkazilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi