23:43 / 29.06.2022
4 197

Eng mashhur arab aktrisalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)

Eng mashhur arab aktrisalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Foto: Marie Claire
Kino olami Gollivud va Bollivud bilangina tugab qolmaydi: Marie Claire nashri quyoshli Yaqin Sharqqa sayohat qilib, arab kinosi rivojiga hissa qo‘shayotgan mahalliy go‘zallar o‘ntaligi bilan tanishtirdi.

Millionlab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularning karerasini kuzatib boradi va ular o‘zlari dadil hamda ishonch bilan arab ayolining muvaffaqiyati uning uyidan nariga o‘tolmasligi haqidagi afsonani rad etadi.

Xend Sabri

Foto: Marie Claire
Xend Dubay va Dohadagi eng nufuzli kinofestivallarning doimiy ishtirokchisi, ammo har doim ham aktrisa sifatida emas. Afsuski, Xend Sabrining ijrosini faqat tajribali sharqshunoslar tomosha qilishi mumkin, chunki uning ishtirokidagi filmlar hech qachon G‘arbga tarqatishga qaratilmagan. Ammo uning rejissyorlik bo‘yicha iqtidorini ingliz tiliga tarjima qilingan «Qohira, tasavvur va umidlar» hujjatli filmda ko‘rish mumkin.

Aytgancha, Xendning karerasidagi ijtimoiy faollik kinoda rol o‘ynashdan kam bo‘lmagan o‘rinni egallaydi. Ayol 10 yildan ortiq vaqt davomida BMT Jahon oziq-ovqat dasturining elchisi bo‘lib ishlaydi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasini faol ravishda yuritadi, u yerda muntazam ravishda Yaqin Sharqdagi gumanitar muammolarga e’tiborni jalb qiluvchi postlarni nashr etadi.

Doniya Samir Ganem

Foto: Marie Claire
Doniya aktyorlar oilasida tug‘ilgan, shuning uchun, aktrisalik qobiliyati qizga meros bo‘lib qolgan. Uning yulduzi 16 yoshida porladi — u mashhur Misr teleseriallaridan birida o‘ynadi. U to‘liq metrajli film loyihalarda suratga tushishdan tashqari, teleko‘rsatuvlarda faol ishtirok etadi. Albatta, u o‘z sahifasini ham yuritadi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. Uning sohasi bolalarni himoya qilishdir — aktrisa Misrdagi YUNISЕFning yaxshi niyat elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Gada Abdel Razek

Foto: Marie Claire
Bir muncha vaqt oldin Gada Abdel Razek «Arab dunyosining eng yaxshi aktrisasi» sifatida Livanning nufuzli Murex d’Or mukofotini olgan edi. 51 yoshida ayol 40 yashardek ko‘rinadi va u hozirda biron bir xayriya tashkilotining elchisi bo‘lmasa-da, uni arab uslubining ramzi deb atash mumkin.

Yasmin Abdulaziz

Foto: Marie Claire
Yasmin Abdulaziz 15 yoshida aktrisalik faoliyatini boshlagan, ammo karerasini reklamadagi ishtiroki bilan yo‘lga qo‘ygan. Aynan shunday kichik loyihalar unga mahalliy teleseriallarga, keyinchalik badiiy filmlarga yo‘l ochdi. Qizig‘i shundaki, kinodagi karerasi erta boshlanganiga qaramay, Yasmin ta’lim olish g‘oyasidan voz kechmadi. Keyinchalik iqtisod va biznes boshqaruvi bo‘yicha ixtisoslashgan nufuzli Zamonaviy akademiyani tamomlagan.

Dorra Zarruk

Foto: Marie Claire
Dorra Zarruk nafaqat go‘zal, balki haqiqiy ziyoli hamdir. Tunis Markaziy bankining sobiq rahbarining qizi o‘z dissertatsiyasini falastinlik qochqinlar muammosiga bag‘ishlab, huquq va siyosatshunoslik bo‘yicha mukammal ta’lim oldi. Ammo tabiat Dorrani nafaqat aql, balki ajoyib tashqi ko‘rinish va, albatta, aktyorlik iste’dodi bilan taqdirladi. Katta ekranga chiqishdan oldin Dorra model sifatida ishlashga muvaffaq bo‘ldi va o‘zini teatrda ham sinab ko‘rdi. Bugungi kunda u Misr va Tunisda eng talabgir aktrisalardan biri. Bundan tashqari, teatrdagi tajribasi tufayli u vaqti-vaqti bilan Yaqin Sharqdagi nufuzli kinofestivallarning hakamlar hay’atida faoliyat yuritadi.

Mona Zaki

Foto: Marie Claire
Qizig‘i shundaki, Mona Zaki dastlab aktrisa bo‘lishni xohlamagan. U o‘zining birinchi rolini kutilmaganda kastingga o‘zining kumiri — aktyor Muhammad Sobxini ko‘rish uchun kelganida oldi va u spektakldagi rolga tasdiqlandi. Biroq o‘shanda ham Mona buni taqdir belgisi sifatida qabul qilmadi va aktrisalik o‘rniga Qohira universitetining aloqa fakultetini tanladi. To‘g‘ri, mahoratli rejissyor uni o‘sha yerdan topdi va uni serialdagi rolga taklif qildi. O‘shandan keyin Mona o‘z iste’dodiga qarshi chiqmadi va kinoda karerasini qurishni boshladi.

Mai Ezz Eldin

Foto: Marie Claire
Maining muxlislari uni «moda malikasi» deb ataydi va buning sababi bor. U nafaqat izlanuvchan aktrisa, balki yetakchi moda uylarining mahalliy vakolatxonalarida ham mashhur hisoblanadi. Shunga qaramay, Maini filmlarda va hashamatli brendlarning reklama kampaniyalarida ko‘rish mumkin. U Instagram’dagi sahifasiga moda ko‘rinishdagi suratlarini joylashtiradi va o‘zining kamtarona sevimli mashg‘uloti — to‘qishni kuzatuvchilari bilan baham ko‘radi.

Mais Xamadan

Foto: Marie Claire
Mais Xamadan komediyachi va iqtidorli parodiyachi sifatida tanilgan. Maisning bir ko‘rsatuvda filippincha talaffuzga parodiya qilishi bir qancha norozilikka sabab bo‘ldi. Filippinliklar iordaniyalik yulduzni «irqchi» deb atagan holda juda xafa bo‘ldi. Biroq Mais o‘zining hazili uchun omma oldida kechirim so‘radi va bu aktrisaning mashhurligiga ta’sir qilmadi. Mahalliy ijtimoiy tadbirlarda va qizil yo‘lakda Maisni hali ham faxriy mehmon sifatida ko‘rish mumkin.

Ayten Amer

Foto: Marie Claire
Melodrama yulduzi Ayten Amer ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Qohirada to‘liq aktyorlik maktabidan o‘tgan. Ayten bolaligidanoq ekranda porlashni orzu qilgan, ammo maqsad sari yo‘lda u eng xavfli professional fobiyalardan biri — kameradan qo‘rqishni yengishi kerak edi. Modellashtirish biznesidagi tajriba unga yordam berdi. Hozir aktrisa 35 yoshda va uning ijrosida bir qancha filmlar mavjud.

Nesrin Tafish

Foto: Marie Claire
Nesrin o‘zining ajoyib go‘zalligi uchun Jazoir va Falastin ildizlariga qarzdor. Aksariyat hamkasblari singari, u reklama va teleko‘rsatuvlarda epizod rollarini suratga olishdan boshladi. Ammo bugungi kunda u nafaqat filmlarda rol o‘ynaydi, balki musiqiy kliplarni ham chiqaradi. Shuningdek, tinchlikni faol ravishda himoya qilib, jamiyatdagi o‘z burchini ham unutmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Eng mashhur arab aktrisalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)