2022 yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekiston xalq artisti, Navoiy mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur taqiq O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq amal qiladi.
Taqiq ularning asarlaridan ommaviy foydalanish, tarqatish va barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda turli ijtimoiy kanallar, platformalar va veb-saytlarga joylashtirish, shuningdek, asarlardan ommaviy tadbirlar hamdatantanalarda foydalanishga taalluqlidir.
Eslatib o‘tamiz, mualliflik huquqi egalarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish, ularning asarlaridan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi