
Bugun Toshkentdagi Kinochilar uyida rejissyor “Baron 2. Sogʻinch” kinokartinasining maxsus namoyishi oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik.
“Oʻzbekiston bilan hamkorlikda ishlayotganimiz muvaffaqiyatli chiqadi, deb oʻylayman. S'yomka jarayonlari qizgʻin kechdi va hamkorlik davom etadi degan umiddaman”, - dedi “Inferno”kompaniyasi vakili va film prodyuseri Ivan Arxipov.

“Baron 2. Sogʻinch” filmi
© Sputnik
Film 18 avgustdan bir vaqtning oʻzida Rossiyada ham namoyish etiladi. Bosh rol ijrochisi Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Farhod Mahmudov film haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Ijodiy jamoa juda yaxshi boʻldi. Filmning birinchi qismi narkobiznes haqida boʻlsa, ikkinchi qismi terrorizm haqida. Kartinani koʻring va qiziqarli voqealarga guvoh boʻling!”, - dedi u.
“Baron 2” badiiy filmi terrorchi uyushmalarni fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi oʻtkir syujetli drama. Unda murakkab tryuklar, ekshn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qoʻporuvchilik epizodlari tasvirlanadi.
Stsenariy muallifi postanovkachi rejissyor Rustam Sa'diev, prodyuser Ivan Arxipov. Filmda rossiyalik aktyorlar Farhod Mahmudov, Viktor Verbijskiy, Viktoriya Tovstanogova, turkiyalik Kaan Urganjogʻlu, Sefa Sengin, Yasmina Salah, oʻzbekistonlik Dilnoza Kubaeva, Yulduz Rajabova, Shahzoda Matchonova, Javohir Zokirov va boshqalar rollar etishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar