date

25 aprel kuni shou-biznesdagi ayol xonandalardan biri turmushga chiqyapti

25 aprel kuni shou-biznesdagi ayol xonandalardan biri turmushga chiqyapti

Opera yo‘nalishida ijod qilib, nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tiborga tushishga muvaffaq bo‘lgan xonanda “Nihol” mukofoti sovrindori Milena Madmusaevaning turmushga chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, xonanda prodyuseri Abduhamid Xalilov bilan o‘rtadagi munosabatlarini oila rishtalari ila mustahkamlayapti. Bu xabarni “Setora” guruhining sobiq vakili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Laylo Galieva (Leyli) tasdiqladi. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga Abduhamid va Milenaning to‘ylariga taklifnomananing suratini joylab, ularga baxt tiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, to‘y 25 aprel kuni Toshkentdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tadi. Biroq kelin-kuyov bu xabarni ommaga ovoza qilishni xohlashmayapti chog‘i to‘y haqida OAVga hech qanday rasmiy xabar berilmadi.

Ma’lumot uchun, Milena Madmusaeva 1987 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan xonanda 2015 yildan buyon “Oazis” guruhida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Mazkur guruhga uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Abduhamid Xalilov prodyuserlik qiladi. Milena Madmusaeva Italiya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » 25 aprel kuni shou-biznesdagi ayol xonandalardan biri turmushga chiqyapti