date
views 1 328

Toshkentda xalqaro kinofestival o‘tkazilishi munosabati bilan 3 ta ko‘cha yopiladi

Toshkentda xalqaro kinofestival o‘tkazilishi munosabati bilan 3 ta ko‘cha yopiladi
14 sentabr kuni poytaxtda "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan bir necha ko‘chalar yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:
  • Chilonzor ko‘chasi – Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;
  • Alisher Navoiy shohko‘chasi – Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;
  • Paxtakor ko‘chasi – Navoiy shohko‘chasi va “Paxtakor” stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda xalqaro kinofestival o‘tkazilishi munosabati bilan 3 ta ko‘cha yopiladi