date 15:30 / 06.10.2022
views 2 299

Gollivud yulduzi Keyt Uinslet 47 yoshda: aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar

Gollivud yulduzi Keyt Uinslet 47 yoshda: aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar
Gollivudning millionlab muxlislarga ega aktrisasi Keyt Uinslet 5 oktyabr kuni 47 yoshni qarshi oldi. «Noviy ochag» nashri shu munosabat bilan aktrisaning hayoti va kino olamdagi faoliyati haqidagi eng qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

Tashqi koʻrinish aktrisa hayotidagi muhim narsa emas
«Titanik» filmi yulduzi Keyt Uinslet anchadan beri tashqi koʻrinishi haqida bosh qotirmaydi. Aktrisa oʻsmirlik vaqtida yoki yigirma yoshdan keyin tashqi koʻrinishga koʻp e'tibor qaratish kerak emas deb hisoblaydi. U oʻzining ajinlarini ham yoqtiradi, hatto ular bilan faxrlanadi. Aktrisa yaqinda karantin paytida semirib ketgani uchun bironta shimi sigʻmay qolganini aytgan.

Shu bilan birga, aktrisa grimlar bilan suratga tushish jarayonlaridan voz kechganini ham aytgan.

Sevimli roli
Keyt Uinsletning sevimli roli «Titanik» filmidagi Rouz emas. U 2017 yilda Nyu-York kinofestivalida 2004 yil suratga olingan filmidagi qizil sochli qahramoni Klementina bilan faxrlanishini aytgan.

Foto: «Noviy ochag»
«Men bu rolni yana oʻynardim, bu juda qiziqarli edi». Buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki Uinsletning filmdagi partnyori Jim Kerri boʻlgan. Ikkala film ham jahon kinosi tarixiga kirdi.

Gʻamxoʻr ona va yaxshi doʻst
Keytning uch turmushidan boʻlgan uch nafar farzandi bor, aktrisa ham uch marotaba turmush qurgan. Uning rejissyor Jeyms Tripleton bilan turmushidan boʻlgan farzandi Mia Xanni Triplton onasi kabi aktrisa boʻlishni xohlaydi. Sem Mendes bilan turmushidan boʻlgan farzandi Jo Alfi dekabr oyida 17 yoshga toʻladi, uchinchi turmush oʻrtogʻi Ned Roknrollning farzandi Bear Bleyz esa sakkiz yoshga toʻladi. Aktrisa farzandlarining ismlarini ular tugʻilganidan soʻng oʻzi oʻylab topganini aytadi.

Foto: «Noviy ochag»
Muxlislarning taxminlariga va muntazam davom etgan mish-mishlarga qaramay, Keyt Uinslet hech qachon Leonardo Di Kaprioning sevgilisi boʻlmagan. Ular «Titanik» filmning suratga olish jarayonlaridan biroz oldin uchrashishgan, aktyor va aktrisa har doim bir-birini qoʻllab-quvvatlagan, hatto 2008 yilda «Inqilobiy yoʻl» filmida birga rol oʻynagan, biroq ularning oʻrtasida ishqiy munosabat paydo boʻlmagan. Rouz va Jek ekranda sevishganlar rolini ishochli ijro etgan boʻlsa ham, ularning ishqiy munosabatlari kinodan real hayotga koʻchmagan.

Foto: «Noviy ochag»

Hozirgi faoliyati haqida
Keyt kino olamidagi faoliyatini qizgʻin davom ettirmoqda. Aktrisa ishtirokidagi «Ammonit» filmining premerasi 2021 yilning oxirida boʻlib oʻtdi, unda Uinslet paleontologiya professori rolini ijro etgan. Bundan tashqari, aktrisani 2022 yilda premerasi rejalashtirilgan «Avatar» filmining davomida koʻrish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat