date
views 2 122

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov o‘z tug‘ilgan kunida, 61 yoshida vafot etdi

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov o‘z tug‘ilgan kunida, 61 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonlik taniqli rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov vafot etdi. Bu haqda suxandon va xonanda Tolibjon Isroilov Instagram’dagi sahifasida xabar qildi.

«Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun o‘z tug‘ilgan kunida rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov olamdan o‘tdi. 61 yosh, biroz vaqtli edida. Alloh bilguvchi! Hozirgina jiyani bilan gaplashdim, janoza va dafn Xorazmda bo‘lar ekan», — deb yozadi Tolibjon Isroilov.

Davron G‘oyipov 1961 yil 7 oktabrda tug‘ilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978 yilda u «Yalla» guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980 yilda Davron G‘oyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi - «Original» tuziladi. 1980 yillar boshlarida ijro etilgan «Bu nima bu?» qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qo‘shiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron G‘oyipov ijro etgan.

Bundan tashqari «Qaydasan», «Kerak emas shahlo ko‘zlaring», «Otkritoye okno» kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli xonanda Davron G‘oyipov o‘z tug‘ilgan kunida, 61 yoshida vafot etdi