date
views 1 914

Rossiyalik xonanda Zemfira konsertida birinchi marta urushga qarshi chiqish qildi

Rossiyalik xonanda Zemfira konsertida birinchi marta urushga qarshi chiqish qildi
Rossiyalik xonanda Zemfira Ramazonova 9 oktabr kuni kechqurun Kipr janubidagi Limasol shahrida bergan konsertida Ukrainadagi urush haqida birinchi marta ochiq gapirdi.

«Bugun urushning 228-kuni. Reallikka aylangan do‘zaxning 228-kuni. Bu vaqt davomida ko‘p o‘yladim, bu haqda o‘zim bilan gaplashdim. Men sahnada gapirishni bilmayman, buni yoqtirmayman ham. Ammo har kuni urush tugasin, mamlakatim bu urushni to‘xtatsin, deb ibodat qilaman», — dedi xonanda va «O‘q uzmang» qo‘shig‘ini kuyladi.

24 fevral — Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan kuni Zemfira besh yil ichida birinchi yakkaxon konserti bilan Moskvada chiqish qilgan edi. Unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga qarshi bayonotlar yangramagan, lekin o‘sha kuni ijrochining saytida va ijtimoiy tarmoqlarida «Urushga yo‘q» yozuvi paydo bo‘lgan. Xonanda 26 fevral kuni Moskvada navbatdagi konsert dasturini taqdim etdi. Shundan so‘ng, Zemfira Rossiyani tark etib, Parijga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Mart oyida Zemfira «O‘q uzmang» qo‘shig‘iga Ukrainadagi jangovar harakatlar aks etgan klip e’lon qildi, may oyida u urushga ishora qiluvchi yangi «Go‘sht» qo‘shig‘ini taqdim etdi. Yevropa gastroli boshlanishidan oldin «Lukadan Zemfira» mini-albomi chiqarildi, uning matnlarida urushga ishoralar bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik xonanda Zemfira konsertida birinchi marta urushga qarshi chiqish qildi
-->