Bugun “Yo‘qotilgan jannat” filmi premerasi bo‘lib o‘tadi

"Nafrat”, “Sen etim emassan”, "Ayrilik” , “Ojiza”, “Meni kechir” kabi filmlarni yaratgan rejissyor va ssenarist Dildora To‘laganova yana bir yangi “Yo‘qotilgan jannat” nomli kartinaga qo‘l urdi.
Besh kunlik dunyoda, Vatan, oila, onaning jannatga teng ekanligi, bu tushunchalarning qadriga etish kerakligi g‘oyasini singdirgan melodrammada sevgisi uchun butun dunyodan voz kechishga tayyor bo‘lgan sodda qiz o‘z onasidan, oilasidan ayrilib qoladi.
Rejissyor Dildora To‘laganovaning aytishicha, filmda jannat o‘z nomidan kelib chiqqan holda Vatan, oila va onaga qiyoslangan.
Suratga olish jarayonida ayrim kadrlar Malayziya davlatida suratga olinib, unda bosh rollarni Sitora Alimjonova, Yamin, So‘g‘diyona Azimova, Gulxumor Abdullaeva, Muyassar Berdiqulova kabi aktyorlar ijro etgan.
Film premerasi bugun 29-aprel kuni poytaxtimizdagi barcha kinoteatrlarda taqdim etilmoqda.
Xususan, premera ertaga 30-aprel kuni Qo‘qon shahrida qad rostlagan, san’atkorlar tomonidan tez-tez konsert dasturlari uyushtirilib turiladigan “Qo‘qon savdo markazi” da bo‘lib o‘tadi, deb xabar beriladi "Kun" nashrida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing