12:07 / 18.11.2022
1 722

Shakira Qatardagi jahon chempionatida kuylashdan bosh tortdi

Shakira Qatardagi jahon chempionatida kuylashdan bosh tortdi
Kolumbiyalik xonanda Shakira Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimida qatnashishdan bosh tortdi, deb xabar tarqatdi Marca nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, qo‘shiqchi rasmiy tadbirga bir necha kun qolganida Qatarning siyosiy rejimi tufayli mundialga bormasligini ta’kidlagan.

Avvalroq, taniqli san’atkorlardan Dua Lipa va Rod Styuart ham ana shu yo‘lni tanlagan edi.

Shakira muallifligidagi “Waka Waka” ko‘shig‘i 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan jahon chempionatining rasmiy gimniga aylangan edi. O‘shanda kolumbiyalik go‘zal mundialning ochilish marosimida ushbu qo‘shig‘ini kuylagan.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati Yaqin Sharq hududida ilk marotaba tashkil etilmoqda.

Shakira1, Qatar1, Jahon chempionati1, Ochilish marosimi1, Bosh tortdi1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shakira Qatardagi jahon chempionatida kuylashdan bosh tortdi