
Disney kinokompaniyasi «Avatar: Suv yoʻli» blokbasterining yangi treylerini taqdim etdi. Rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan kinokartinaning davomi 16 dekabrda katta ekranlarga chiqadi.
«Avatar» filmining yangi qismi birinchi filmi taqdim etilganidan 13 yil oʻtib kinoteatrlarda namoyish etiladi. Filmda aktyor Sem Uortington tomonidan gavdalantirilgan qahramon Jeyk Salli va uning oilasi doimiy yashash joylarini tark etishga va Pandora sayyorasining aniqlanmagan hududlariga borishga majbur boʻladi.
Shuningdek, kinokartinada Zoi Saldana, Sigurni Uiver, Keyt Uinslet, Stiven Leng, Mishel Eo va boshqa mashhur aktyorlar suratga tushgan. Filmning davomiyligi 3 soat-u 12 daqiqani tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar