date

Gitlerning tiz cho‘kkan holidagi mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga sotildi

Gitlerning tiz cho‘kkan holidagi mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga sotildi

Christie's kimoshdi savdo uyida italiyalik rassmo hamda haykaltarosh Maurisio Kattelan tomonidan ishlangan tiz cho‘kkan Gitlerning mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga baholangan.

Haykaltarosh 101 sm balandlikdagi "U" deb nomlangan bu asarini mum va smoladan 15 yil ilgari yaratgandi.

Ayni vaqtda AQShda yashab ijod qiladigan Maurisio Kattelanning aytishicha, u o‘z vaqtida bu asarini buzib tashlamoqchi bo‘lgandi. Uning aytishicha, "U" o‘zida yovuzlikni mujassam etgan.

Bu asar endilikda Kattelanning eng qimmatbaho asariga aylandi. Uning bundan avvalgi eng qimmat narxda sotilgan asari uchun 7,9 mln dollar to‘lashgandi.

"Gitler - faqat qo‘rquv uyg‘otadi. Bu qattiq iztirob timsoli. Uning ismini tilga olish ham og‘ir. Uning ismi boshimga o‘rnashib olgan. Men taqiqlasam ham u mening boshimda yashaydi", deydi rassom.


Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Gitlerning tiz cho‘kkan holidagi mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga sotildi