date

Yigitali: «Rayhonga uylanib, yoshlik qilgandirman…»

Yigitali: «Rayhonga uylanib, yoshlik qilgandirman…»

Aktyor Yigitali Mamajonov «Sabo» gazetasiga bergan intervyusida Rayhon endi o‘tmishda qolganini aytib, bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini qanday tasavvur qilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi, deb yozadi «Daryo.uz».

— Eng avvalo, oila a’zolarim va yaqinlarimni hurmat qilishi muhim. Qalbi, tashqi qiyofasi, ko‘zlari chiroyli bo‘lishini istayman. Kelajakda qiz farzand ko‘rsam, onasiga, o‘g‘il bo‘lsa, menga o‘xshashini xohlayman. Rayhonga uylanib, balki, yoshlik qilgandirman. Lekin, nazarimda, bu mening taqdirimga yozilgan bo‘lsa kerak. Hayot yo‘llarimda nimaiki bo‘lmasin, barchasi yaxshilikka deb o‘ylayman. Egizaklarim – Islom va Imron bilan hozircha haftada bir marta ko‘rishamiz. Ikkalasi ham juda aqlli bo‘lib borishyapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yigitali: «Rayhonga uylanib, yoshlik qilgandirman…»