Rayhonning egizak farzandlari yana bir yoshni qarshi oldi

Rayhon Instagram sahifasida egizak farzandlari Islom va Imronning tug'ilgan kunini nishonladi. U maxsus tayyorlangan videopostda farzandlariga bo'lgan mehrini va onalik tuyg'ularini namoyish etdi. Videoda farzandlarining chaqaloqlik davridan hozirgi kungacha bo'lgan muhim lahzalari aks etgan. Muxlislar ham Rayhonni tabriklab, iliq tilaklar bildirishdi.
Xonanda Rayhon Instagram sahifasida muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. U maxsus tayyorlangan videopostni e’lon qilib, ostiga “С днём рождения, Ислам Имран” deb yozib qoldirdi.
Videoda Rayhonning farzandlariga bo‘lgan mehr-muhabbati, samimiy va iliq onalik tuyg‘ulari yaqqol aks etgan. Unda farzandlarining chaqaloqlik davridan to hozirgi kunigacha bo‘lgan eng muhim va ta’sirli lahzalari jamlangan kadrlar o‘rin olgan.
Xonanda videoning yakunida farzandlarini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ularga eng ezgu tilaklarini bildirgan.
Muxlislar ham izohlarda Rayhonga qo‘shilib, iliq tabriklar va samimiy tilaklar yo‘llashgan.






























Izohlar 0
…