date

«Avatar: Suv yo‘li» filmi taqdimotning ilk kunlaridayoq 435 million dollar mablag‘ to‘pladi

«Avatar: Suv yo‘li» filmi taqdimotning ilk kunlaridayoq 435 million dollar mablag‘ to‘pladi
Foto: «Film.ru»
Jeyms Kemeronning «Avatar: Suv yo‘li» blokbasteri ilk dam olish kunlarida 434,5 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning 134 million dollari Shimoliy Amerikadagi prokatdan, 300,5 million dollari esa xalqaro hududlarga to‘g‘ri keladi, deb yozadi «Film.ru».

Birinchi film 2009 yilda bor-yo‘g‘i 241,5 million dollar to‘plagan. Kartinaning davomi esa budjetda ham bu raqamlardan oshib ketdi. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, kartina uchun taxminan 460 million dollar sarflangan. Film o‘zini oqlashi uchun kamida 2,05 milliard dollar to‘plashi kerak.

«Avatar: Suv yo‘li» syujeti Na’vi qabilasidan bo‘lgan Jeyk Sulli (Sem Uortington) va uning oilasi haqida hikoya qiladi. Qahramonlar inson zotining tahdidi tufayli yangi suvosti hududiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Filmda Zoi Saldana, Sigurni Uiver va Keyt Uinslet ham suratga tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » «Avatar: Suv yo‘li» filmi taqdimotning ilk kunlaridayoq 435 million dollar mablag‘ to‘pladi