date

«Avatar: Suv yo‘li» filmi jahon prokatida 1 milliard dollar to‘pladi

«Avatar: Suv yo‘li» filmi jahon prokatida 1 milliard dollar to‘pladi
Foto: «Yandeks.ru»
Dunyoga mashhur rejissyor Jeyms Kemeronning «Avatar: Suv yo‘li» kinokartinasi butun dunyo bo‘ylab 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab topdi. Film bu mablag‘ni ikki haftadan kamroq vaqtda to‘pladi.

«Avatar: Suv yo‘li» filmi jahon prokatida 1,4 milliard dollar mablag‘ yig‘gan «Top Gan: Meverik» kinokartinasidan keyin yilning eng ko‘p daromad keltirgan ikkinchi filmi bo‘ldi. Bu loyihalar 2014 yildan beri ilk marta Marvel kinokompaniyasi va «Yulduzlar jangi» kinokartinasiga tegishli bo‘lmagan dunyodagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlarga aylandi (2014 yilda «Transformerlar: Yo‘q qilish davri» va «Xobbit: Beshta armiya jangi» eng ko‘p daromad keltirgan kinokartinalar bo‘lgan).

Ma’lumot uchun, «Avatar: Suv yo‘li» syujeti Na’vi qabilasidan bo‘lgan Jeyk Sulli (Sem Uortington) va uning oilasi haqida hikoya qiladi. Qahramonlar inson zotining tahdidi tufayli yangi suvosti hududiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Filmda Zoi Saldana, Sigurni Uiver va Keyt Uinslet ham suratga tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Avatar: Suv yo‘li» filmi jahon prokatida 1 milliard dollar to‘pladi