date
views 1 011

Qirg‘izistonda musiqani fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi

Qirg‘izistonda musiqani fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi
Foto: Fotocas e Famosos
Qirg‘izistonda barcha davlat muassasalari va ommaviy tadbirlarda fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi. Bu haqda Respublika Madaniyat vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Kaktus.media xabar berdi.

Tegishli buyruq 2022 yil 30 dekabrda Madaniyat vaziri Altinbek Maksutov tomonidan imzolangan. Vazirlik tasarrufidagi barcha davlat madaniy-ma’rifiy muassasalarida (teatr, sport muassasalari, filarmoniya, konsert zallari, kinozal, klub, muzey, kutubxonalar), konsert dasturlarida, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, shaxsiy yoki buyurtma asosidagi chiqishlardan qat’iy nazar musiqa jonli ijro etilishi kerak.

Vazir buyruq ijrosi uchun har bir muassasa mas’ul bo‘lishini aytib, buyruq ijrosini shaxsan o‘zi nazorat qilishi haqida ogohlantirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qirg‘izistonda musiqani fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi