Bugun xonanda Shohruhxon konsertining ilk kuniga start beriladi

Madaniyat1 daqiqa o'qish8.7K
Bugun xonanda Shohruhxon konsertining ilk kuniga start beriladi
Bugun xonanda Shohruhxon konsertining ilk kuniga start beriladi

Xabaringiz bor yoshlarning sevimli qo‘shiqchisi, o‘zbek estradasining yorqin yulduzi xonanda Shoxruhxon 23-24-26 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Yulduzlar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Bugun konsertning ilk kuniga start berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq kutilgan konsert dasturida 5 ta duet qo‘shiq kuylanishi kutilmoqda. Ushbu duetlar ichida xonanda Shahzoda bilan birgalikda kuylangan “Allo” dueti ham ijro etiladi. Ammo qolgan to‘rtta duet kimlar bilan ijro etilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, deyiladi "Kun" nashrida. Bu konsert tashkilotchilari, qolaversa, xonandaning o‘zi tomonidan muxlislari uchun atalgan syurpriz bo‘lishi mumkin.

Oxirgi paytlarda ijodga jiddiy bel bog‘lagan xonandaning birin ketin yangi qo‘shiqlarini konsert dasturida tinglash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ushbu qo‘shiqlardan biri “Darak yo‘q” taronasi bo‘lib, qo‘shiq so‘zini Shohro‘z yaratgan. Oranjirovkasi Jasur Badalboyevga, musiqasi esa Shoxruhxonning o‘ziga tegishli. Ayni damda qo‘shiqqa klip suratga olinib, muxlislarga taqdim etildi. Klipda bosh rolni Asal Shodieva talqin etgan.

Bundan tashqari, kutilayotgan konsert dasturi ajoyib shou dasturiga aylanishi kutilmoqda. Bunga dasturga tashrif buyurib, o‘zingiz shaxsan guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Konsert tafsilotlari haqida saytimiz orqali to‘liq xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?