date
views 390

Brendan Freyzer “Mumiyo” filmining maxsus namoyishiga kelib, muxlislarini hayratda qoldirdi

Brendan Freyzer “Mumiyo” filmining maxsus namoyishiga kelib, muxlislarini hayratda qoldirdi
Foto: “Pravila jizni”
Aktyor kinoteatrga “Mumiyo” filmidagi qahramoni Rik O‘Konnell obrazida kelgan. Tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib olgan, deb yozadi “Pravila jizni”.

Taniqli aktyor Brendan Freyzer Londondagi The Prince Charles kinoteatrida “Mumiyo” filmining maxsus namoyishida qatnashib, muxlislarni lol qoldirdi.

2023 yil 20 yanvar kuni kinoteatrda “Mumiyo” va “Mumiyo: Qaytish” filmlari namoyish etildi. Tomoshabinlar film franshizasida Rik O‘Konnell rolini ijro etgan Freyzerning tashrifi haqida oldindan ogohlantirilmagan. Aktyor ekrandan so‘ng sahnaga chiqqanida, tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib oldi. Ko‘pgina tomoshabinlarning fikricha, Freyzer tadbirga “Mumiyo” filmidagi qahramoniga juda o‘xshash kiyimda kelgan.

Ushbu film Buyuk Britaniyada suratga olingan. Bilasizmi? Hatto ikkinchi qismi ham. Shunday ekan, bundan faxrlaning. Bu yerda bo‘lganingiz uchun rahmat. Biz unda suratga tushganimizda film qanday bo‘lishini bilmasdik. Bu komediyami, jangovar filmmi yoki qo‘rqinchli film, melodramami, umuman bilmasdik. Britaniyalik tomoshabinlar oldida sinov namoyishlarini o‘tkazmagunimizcha, hech narsani bilmadik. Buning uchun tashakkur”, — dedi Freyzer tomoshabinlarga.

Shuningdek, aktyor tashrif buyuruvchilarga o‘zi bosh rolni ijro etgan Darren Aronofskiyning “Kit” dramasini tomosha qilishni ham taklif qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Brendan Freyzer “Mumiyo” filmining maxsus namoyishiga kelib, muxlislarini hayratda qoldirdi