Shahzoda Muhammedova Tojikistonda bo'ladigan yirik modalar namoyishiga tayyorlanmoqda

Taniqli dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan yirik tadbirga hoyirlik ko‘rmoqda. Unga ko‘ra, 16–17 may kunlari “shahzoda showroom” nomli modalar namoyishi mazkur shaharda tashkil etiladi. Ushbu xalqaro darajadagi namoyish dizaynerning faoliyatida yana bir muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur e’lon ijtimoiy tarmoqlarda qisqa fursatda katta qiziqish uyg‘otib, kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Taniqli dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova yana bir muhim yangilik bilan muxlislarini xursand qildi. U o‘zining Instagram sahifasi orqali yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan moda tadbiri haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 16–17 may kunlari “shahzoda showroom” nomli modalar namoyishi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida tashkil etiladi. Dizayner ushbu yangilikni sahifasiga joylagan posti orqali e’lon qilib, muxlislarini ushbu muhim tadbirga chorlagan.
“16–17 may kunlari "shahzoda showroom" modalar namoyishi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashguncha”, — deya yozib qoldirgan u.
Mazkur e’lon qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar dizaynerga omad tilab, uning ijodiga yuqori baho berishmoqda. Ayrimlar esa ushbu xalqaro darajadagi namoyish Shahzoda Muhammedovaning faoliyatida yana bir muhim bosqich bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, dizayner so‘nggi yillarda o‘zining zamonaviy va milliylik uyg‘unlashgan kolleksiyalari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham e’tibor qozonib kelmoqda. Endilikda esa uning ijodi Tojikiston sahnasida ham namoyish etilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…