Dilfuza Ismoilova Shohruhxon va Asalning to‘yiga birinchilardan bo‘lib taklif qilindi (Foto)

Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodieva shu paytgacha o‘z munosabatlarini sir tutishga urinib keldi, deb yozmoqda "Darakchi.uz". Ular bir-birini sevishlarini biron marta ochiq-oshkora aytmaganliklarida ham qandaydir hikmat bordir, balki?

Dastlab ularning “Love Story” uchun fotosessiya o‘tkazgani hammaga ma’lum bo‘ldi. Keyinroq esa ularning to‘yi sanasidan ham boxabar bo‘ldik. Biroq, shunday bo‘lsa ham xonanda hanuzgacha Asalga uylanayotganini oshkor etmayotgan edi. Mana endi, hammasi kunday ravshan bo‘ldi. Bugun xonanda Dilfuza Ismoilova uzoq kutilgan yulduzli to‘yga taklif etilganini bildirib, ikki yoshga baxt tiladi. Demak, Shohruhxon va Asal 5 iyun kuni munosabatlarini rasmiylashtiradi. Shou-biznes olamida esa yana bir yulduzli oila vujudga keladi.
Tahririyatimiz nomidan ikki yoshga baxt tilab qolamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing