Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Namangandagi Axsikent shahar xarobasidan noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi.
Qayd etilishicha, National Geographic Axsikentda tayyorlangan Damashq qilichlari, Shahristonning oltin darvozasi, noyob tangalar va Axsikent yodgorligidan topilgan Afrosiyob va Varaxshadagi kabi Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar haqida turkum ko‘rsatuvlar tasvirga oladi.
“Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi. Ular, albatta, tarixiy haqiqatlarga asoslangan”, — deb yozmoqda xorijlik ekspertlar.
Ayni kunlarda arxeologlar To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent yodgorligida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Restavratorlar guruhi tomonidan devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlari ta’mirlanmoqda, ushbu buyumlar muzeyga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»