Xonanda Sogdiana “Ko‘p millatli Rossiya” loyihasida o‘zbek millatini aks ettiradi

Sogdiana Rossiyadagi tanlovda o‘zbek millati vakili sifatida ishtirok etmoqda. Bu haqda u o‘zining Instagram`dagi shaxsiy sahifasida ma’lum qildi, deyiladi "Darakchi" nashrida.
“2016 yilning 16 iyunida ya’ni Rossiya kunida millatlar ishi bo‘yicha federal agentlik va ‘Komsomolskaya pravda’ nashri bilan hamkorlikda ‘Ko‘p millatli Rossiya’ loyihasini o‘tkazadi. Loyiha doirasida fotoko‘rgazma ham bo‘lib o‘tadi. Men esa bajonidil mana shu loyihada ishtirok etdim” ,—deb yozib qoldirdi Sogdiana.
Sogdiananing milliy uslubda tikilgan atlas ko‘ylagi va do‘ppisi aksariyat internet foydalanuvchilariga manzur bo‘ldi. buni yozib qoldirilayotgan izohlardan bilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing