Asal Shodiyeva Shohruhxonni sevishini tan oldi

Asal Shodiyeva Shohruhxonni sevishini tan oldi
Asal Shodieva Shohruhxonni sevishini tan oldi

Xonanda Shohruhxon 29 may, yakshanba kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Xonandaning hamkasblari, do‘stlari va yaqinlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Shohruhxonni tavallud ayyomi bilan tabriklashdi. Xususan, xonandaning bo‘lajak rafiqasi,aktrisa Asal Shodieva ham o‘zining Instagram`dagi sahifasi orqali chiroyli tabrik yozib qoldirdi, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.

“Happy birthday,Darling!”,—deb yozdi Asal va unga yurakcha belgisini ham qo‘shib qo‘ydi.

Aktrisaning tabrigiga izoh qoldirayotgan internet foydalanuvchilari Asal va Shohruhxonning to‘ylari bo‘lishi rostligi bilan qiziqqan. Ularning ko‘pchiligi ikki yoshga baxt tilagan. Eslatib o‘tamiz, Shohruhxon va Asal Shodievaning to‘ylari 5 iyun kuni "Versal" restoranida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. To‘yga o‘tgan haftada taklifnomalar tarqatila boshlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar