16:17 / 01.03.2023
1 098

Raqqosa Muhabbat Qurbonova nima uchun faqat Ravshan Komilovning kliplarida suratga tushadi?

Raqqosa Muhabbat Qurbonova nima uchun faqat Ravshan Komilovning kliplarida suratga tushadi?

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, mahoratli raqqosa Muhabbat Qurbonova ota-onasini yo‘qotgan paytdagi kechinmalari, singlisi bilan munosabati, nima sababdan Ravshan Komilov bilan partnyorlik qilishi haqida so‘zlab berdi.

“Raqqosalik kasbim, lekin hech narsa oiladan ustun bo‘la olmaydi”

Malika bilan dunyoqarashimiz, mehrimiz o‘xshash, biz bir xil fikrlaymiz, u o‘ylab turgan narsani men o‘ylab turgan bo‘laman, men o‘ylab turgan narsani u o‘ylab turgan bo‘ladi. Ota-onamiz bir-birimizga hurmat bilan katta qilishgan. Ular Malikaga sening opang — otang bilan onang deyishardi. Men ham farzandlarimga biz bugun bormiz, ertaga yo‘qmiz, deb aytaman. Sizlar bir-biringizga bir umr mehribon bo‘linglar”, deyman. Shuning uchun ota-onamiz bir-birimizga juda yaqin qilib o‘stirgan.

Raqqosalik kasbim, lekin hech narsa oiladan ustun bo‘la olmaydi. Ular qo‘rg‘onim, hech qachon  meni tashlab ketmaydi. Kasbim tashlab ketishi, oyog‘im sinishi mumkin, faqat san’atni o‘ylab yashay olmayman, bolalarim bor, ularni oyoqqa qo‘yishim, kuchli bo‘lishim kerak.

“Hayotda armonlarim juda ko‘p, endi oyoqqa turdim, deganimda ota-onam bu dunyodan ko‘z yumdi”

Otamni yo‘qotganimda otamni, turmush o‘rtog‘imni qadrini, qiz bola farzand uchun otaning o‘rni muhimligini bilganman. Bunday holatda ona o‘zini o‘ylashi kerak emas, u farzandi uchun ham davom etishga majbur. Ota-onasi tirik insonlar — dunyodagi eng baxtli insonlardir. Ota-onangiz tirikligida pul topayotgan bo‘lsangiz hammasini shunga qarating.

 Masalan, hayotda armonlarim juda ko‘p, endi oyoqqa turdim, deganimda ota-onam bu dunyodan ko‘z yumdi. Rejalarim ko‘p edi, ota-onamga katta uy olib bermoqchi edim. Ota-onam umuman o‘zini o‘ylamagan, faqat biz uchun harakat qilishar edi. Ota-onam uchun shaxsiy haydovchi yollamoqchi edim, aynan shunday paytda ular dunyodan o‘tdi.

“Ota-onamizni yo‘qotganimizda Malika bilan singanmiz”

Shaxsan men uchun ota-onam tirikdek. Ular bizni deb yemadi, ichmadi, och qolsa-da bizni boqdi. Biroq biz shu ishni qilamiz deganda, ularni yo‘qotdik. Singlimga ham shu gapni aytaman. Turmush o‘rtog‘imga ham aytaman, ular oyilariga ozgina jahl qilsalar ham ko‘tara olmayman. Hamma qaynonamni qattiqqo‘l deydi, lekin men o‘sha qattiqqo‘l qaynonamni yaxshi ko‘raman. Peshonamga shu ayolni qaynona bo‘lishi bitilgan ekan, ming shukr. Ko‘pchilik “bandalik” degan gapni tushunmaydi, uni ota-onani yo‘qotgandan keyin tushunish mumkin. Ota-onamizni yo‘qotganimizda Malika bilan singanmiz. Dunyoni butun ranglari biz uchun yo‘qolgan. Endi farzandlarim uchun yashashim kerak.

“Turmush o‘rtog‘im Ravshan akani yaxshi bilgani uchun ular bilan ishlashga qarshilik bildirmaydi”

Ravshan aka bilan oilaviy o‘rtoqmiz. Ularning qo‘shiqlari juda chiroyli, doim raqsbob musiqalar yaratadilar. Hozirgi kunda televideniyega berilayotgan raqsbob qo‘shiqlar kam, odamlar shunday musiqalarni sog‘inadi, shuning uchun biz bu inson bilan ijodiy hamkorlik qilamiz. Odamlarning me’dasiga tegib qolmaslik uchun har gal yangiroq narsalar qilishga harakat qilamiz.

Turmush o‘rtog‘im Ravshan akani yaxshi bilgani uchun ular bilan ishlashga qarshilik bildirmaydi. Ravshan aka juda ham talabchan hofiz, shu o‘rinda Dilshod Rahmonovga rahmat, to‘rtala raqqosa haqida qo‘shiq aytgan, shu ashulalarni eshitganimda, rosa xursand bo‘lib yig‘laganman. Bugungi kunning eng yaxshi raqqosalaridan biri deb ta’riflashning o‘zi yoqimli.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Raqqosa Muhabbat Qurbonova nima uchun faqat Ravshan Komilovning kliplarida suratga tushadi?