Foto: Shutterstock
AQShda 95-Amerika kinosan’ati akademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Los-Anjyelesdagi Dolby teatrida 2023 yilgi «Oskar» haykalchalari o‘z egalariga topshirildi.
G‘oliblar:
- ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jyeymi Li Kyortis, («Hammasi har joyda va birdan»);
- ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan («Hammasi har joyda va birdan»);
- Eng yaxshi animatsion film: «Pinokkio Gilermo del Toro»;
- Eng yaxshi operatorlik ishi: «G‘arbiy frontda o‘zgarishsiz»;
- Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: «G‘arbiy frontda o‘zgarishsiz»;
- Eng yaxshi kostyumlar: «Qora pantera: abadiy Vakanda»;
- Eng yaxshi grim va turmaklar: «Kit»;
- Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: «Irlandcha xayrlashuv»;
- Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: «Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot»;
- Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: «Fillarni qarg‘ovchilar»;
- Eng yaxshi xorijiy film: «G‘arbiy frontda o‘zgarishsiz» (Germaniya);
- Eng yaxshi hujjatli film: «Navalniy»;
- Eng yaxshi vizual effektlar: «Avatar: suv yo‘li»
- Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu «RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda» (Hindiston)
- Eng yaxshi musiqa: «G‘arbiy frontda o‘zgarishsiz»
- Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert («Hammasi har joyda va birdan»);
- Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yyeo («Hammasi har joyda va birdan»);
- Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer («Kit»)
- Eng yaxshi film: «Hammasi har joyda va birdan».
Avvalroq «Navalniy» eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar»ni qo‘lga kiritgani xabar berilgandi.
Los-Anjyelesdagi «Oskar»ni topshirish marosimida ishtirok etgan Yuliya Navalnaya sahnadan turib, erining ozod etilishiga umid qilishini aytdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi