Bitta so‘z — 166 ming dollar: Filmdagi har bir so‘zi uchun juda katta gonorar olgan aktyorlar
Mashhurlikka erishgach, boshqa filmlarga bo‘lgan takliflar ham ortib boradi. Shu sababdanmi Gollivudning ba’zi aktyor va aktrisalari filmda aytgan so‘zlari soniga ko‘ra pul olishadi.
Kianu Rivz (“Matritsa: qayta ishga tushirish” va “Matritsa: Revolyutsiya”) — har bir so‘z uchun 159 393 dollar
Kianu Rivz birinchi “Matritsa”da o‘z qahramonini yaxshi rivojlantirdi, uni ochib berdi va keyingi filmlarda hech narsa deyish mumkin bo‘lmagan tarzda ijro etdi. “Qayta ishga tushirish” va “Revolutsiya” uchun u atigi 638 ta so‘z aytadi va har bir so‘z uchun deyarli 160 ming dollar oladi. Ammo Kianuni haddan tashqari ko‘p gonarar olishda ayblab bo‘lmaydi, chunki u suratga olish guruhining har bir a’zosini mukofotlagan — buning uchun 75 million sarflagan. Bundan tashqari, Rivz bolalar shifoxonalariga pul xayriya qiladi, hatto o‘z jamg‘armasiga asos solgan ham, biroq u bularning hammasini anonim tarzda amalga oshiradi. Kianu qanday fondga asos solganini va qaysi shifoxonalarga pul xayriya qilishini hech kim bilmaydi.
Anjelina Joli (“Turist”) — har bir so‘z uchun 20 934 dollar
2010-yilda “Turist” filmi ekranlarga chiqdi, u Jonni Depp va Anjelina Jolining yulduzli roliga qaramay, 100 millionlik budjetdan atigi 278 million daromad oladi. Ehtimol, butun budjetning yarmi Joli va Deppning gonorarlariga ketgandir. Bir yarim soat ichida 999 ta so‘z aytgan aktrisa 21 million dollar ishlab topgan.
Arnold Shvarsenegger (“Terminator-2: Qiyomat kuni”) — har bir so‘z uchun 21 429 dollar
Avvaliga Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmi aktyorlari tarkibiga qo‘shilishni istamaydi. Birinchidan, o‘shanda Jeyms Kemeronni hech kim tanimagan. Ikkinchidan, rejissor unga deyarli hech qanday gapi bo‘lmagan rolni taklif qiladi. Ammo Kemeron Arnoldga o‘z personajini noldan yaratishi va u bilan xohlaganini qila olishi uchun imkon beradi. Ammo Shvarsenegger bu rolni rad etadi va muvaffaqiyatiga ishonmadi. Ma'lum bo‘lishicha, u juda xato qilgan. “Terminator” filmi xit bo‘ldi. “Qiyomat kuni”da esa Shvarsenegger 700 ta so‘z aytishga muvaffaq bo‘lgan va bu roli uchun u 15 million dollar olgan.
Tom Kruz (“Uddalab bo‘lmas topshiriq”) — har bir so‘z uchun 21 545 dollar
“Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmidagi kaskadyorlik ishi ustida juda qattiq ishlashidan tashqari, Tom Kruzning gapi ham ko‘p edi. 110 daqiqada u 3249 ta so‘z aytadi, kinoteatrlardagi to‘lov va kassa foizlari evaziga 70 million ishlab topadi.
Jonni Depp (“Alisa mo‘jizalar mamlakatida”) — har bir so‘z uchun 66 606 dollar
Jonni Depp mashhur nomi tufayli unchalik ajoyib bo‘lmagan rollarda ham yetarlicha pul ishlashga muvaffaq bo‘ladi. Masalan, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmi uchun Jonni 44 mln dollar oladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, kartina budjeti 150 dan 200 million dollargacha bo‘lgan.
Jek Nikolson (“Betmen”) — har bir so‘z uchun 166 101 dollar
Ba'zi aktyorlar gonorarga emas, balki daromadning foiziga rozi bo‘lishadi. Bunday holatda kafolatlanganidan ancha kam daromad olish xavfi ham mavjud. Ammo Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” va Jek Nikolson “Betmen” filmida o‘ynaganidek juda yaxshi pul ishlash ham mumkin. Joker sifatida Jek 585 ta so‘z aytib, 90 million dollar ishlab topgan. Ammo Nikolson tavakkal qilmagan, chunki u 6 million avans to‘lash bo‘yicha muzokara olib borishga muvaffaq bo‘lgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring