Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 12–14 may kunlari “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” forumi va “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Hunarmand” ijodiy uyushmasi ma’lum qildi.
An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” forumida Rossiya, Polsha, Chexiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Isroil, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston kabi 15 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan soha mutaxassislari, olimlar va hunarmandlar ishtirok etadi.
“Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kulolchilik maktablarining mashhur xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi. Kulolchilarga va boshqa hunarmandlarga shogird tushmoqchi bo‘lgan yosh havaskorlar bemalol tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin”, - dedi Respublika “Hunarmand” ijodiy uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
Kulolchilik saylida qiziquvchilar va mehmonlar loydan kulolchilik mahsulotlarini yasash, ularga naqsh berish, pishitish jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, Rishtonda joylashgan “Shokir mingboshi keramik” va “Koron” kulolchilik markazlariga tashrif, kulolchilik mahsulotlari savdosi ham o‘tkaziladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»