20:07 / 07.05.2023
109

Ozodbek Nazarbekov: “Kuylashning ibtidosi baxshichilikka borib taqaladi”

Ozodbek Nazarbekov: “Kuylashning ibtidosi baxshichilikka borib taqaladi”
Foto: Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati
Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining maqsadi haqida madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalistlarga tushuntirish berdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
 
Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, insoniyat kuylashni aynan mana shu baxshichilik yo‘li bilan rivojlantirib kelgan.
 
Bu san’at turini qadrlaydigan xalqlar juda ham ko‘p. Olimlarining guvohlik berishicha, mazkur san’at tarixi turi xalqlarning ildizi bir joyga olib borayotganini, insoniyat madaniyati bir joydan ko‘karib chiqqanini isbotlab turibdi”, — dedi vazir.
 
Uning alohida ta’kidlashicha, bo‘lib o‘tayotgan festival tanazzulga yuz tutib borayotgan san’at turini qayta jonlanishiga va har bir xalqda ushbu san’atni yelkasida ko‘tarib yurgan fidoyilar uchun ham umid bag‘ishlamoqda.
 
O‘ylaymanki, festival insoniyatining nomoddiy-madaniy merosini saqlab qolishga katta hissa qo‘shmoqda. Anjuman mana shu san’at turini saqlab qolishga xizmat qilsa, biz uchun eng katta marra bo‘ladi. Ya’niki kelasi avlodga baxshichilikni to‘la-to‘kis yetkazib berish asosiy maqsadimizdir”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
 
Ma’lumot uchun, Xalqaro baxshichilik festivali har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Birinchi marotaba festival o‘tkazilganda 21 ta mamlakat vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, joriy 2023 yilgi anjumanda qatnashish uchun 30 ta mamlakatdan ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov: “Kuylashning ibtidosi baxshichilikka borib taqaladi”