date

Anjela Joli va Bred Pittning farzandlari rus tilini o‘rganmoqda

Anjela Joli va Bred Pittning farzandlari rus tilini o‘rganmoqda

Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pittning farzandlari bir nechta chet tilini, jumladan rus tilini o‘rganmoqda, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Aktyorlarning farzandlari bundan tashqari vetnam va arab tilini ham o‘rganmoqda. Farzandlarining til o‘rganish borasidagi muvaffaqiyatlari haqida Joli AQShdagi radiostansiyalardan biriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Mashhur er-xotinlarning olti nafar farzandlari bo‘lib, ulardan uch nafari asrab olingan bolalardir.

Jolining so‘zlariga ko‘ra, farzandlarining birontasi ham aktyorlikka qiziqmaydi, biroq ularning barchasi chet tillarini bajonidil o‘rganadi.

“Men ulardan qaysi tilni o‘rganishlarini istashlarini so‘radim. Shaylo Kamboja tilini, Paks vetnam tilini, Med nemis va rus tilini, Zaxar fransuz, Viven arab, Noks esa kar-soqovlar tilini o‘rganishga qiziqish bildirdi”,—deydi Joli.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Anjela Joli va Bred Pittning farzandlari rus tilini o‘rganmoqda